O’zbekiston respublikasining to’qimachilik sanoati milliy iqtisodiyotning ildamlab borayotgan sohalaridan biridir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar va yaratilgan qulayliklar qisqa vaqt ichida respublikada jahon talablariga javob beradigan darajadagi paxta tolalarini ishlab chiqarish, 100% paxta gazlamalari, to’qimachilik matolari, tikuv-trikotaj sanoati uchun ham matolar ishlab chiqarish va tayyor kiyim-bosh mahsulotlar ishlab chiqarish kabilar keng yo’lga qo’yildi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O’zbek-Xitoy qo’shma korxonasi “ULKAN TEXTILE” 2007 yildan ishlab chiqarishni boshlagan va korxona Evropaning yetakchi to’qimachilik dastgohlari va anjomlari bilan ta’minlangan. Korxonamizning asosiy ishlab chiqarish faoliyati turlari quyidagilar:
- Trikotaj - to’qimachilik sanoati;
- To’qimachilik hizmatlari – to’qima va trikotaj matolarni oqartirish va sayqal berish;
- Matolarni bo’yash va gul bosish.
Trikotaj mahsulotini ishlab chiqarishda O’zbekistonda yetishtirilgan tabiiy, yuqori sifatli, ekologik toza va allergiya qo’zg’atmaydigan paxta tolalaridan foydalaniladi. Korxonamizning taklif etayotgan umumiy xizmatlari orasida eng kata qismini trikotaj matolarini ishlab chiqarish tashkil etadi. Hozirga kelib korxona 200 turdan oshiq turli uslub bilan to’qilgan va rang-barang, hatto eng nozikta’b haridorlarning didiga manzur bo’la oladigan matolarni mijozlarga taklif qiladi.
Bizning asosiy maqsadimiz bu zamonaviy va o’z vaqtida ishlab chiqaruvni olib borishdir. Aynan shu maqsad shiddat bilan o’zgarib borayotgan bozor talablarini to’g’ri qarshi olish imkonini beradi, ya’ni korxoanani zamon bilan hamnafas tarzda ish olib borishini ta’minlaydi. Bunday ish olib borish mijozlarga tez va sifatli hizmat ko’rsatilishida yordam beradi. Korxona geografik joylashuv yoki chegaralar bilmaydigan yangicha bir yondashuvda o’sib borishga va o’ziga hos uslubni yaratishga intilmoqda. Biz o’z sha’nimizni qadrlaymiz va mijozlar hamda hamkorlar oldidagi vazifalarimizni sidqi dildan bajarib uni mustahkamlab bormoqdamiz.